Toşloq tumani «Kölariq» MFY, Beklar köçasida yaşovçi 22 yoşli ayol B.M. 4 iyul kuni soat 16:30 larda Katta Farğona kanalining şu tuman «Xonaqa» MFY hududidan oqib ötuvçi qismida çökib ketgan.


Farğona viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining Kun.uzga ma'lum qilişiça, ayol öz turmuş örtoği S.X. bilan janjallaşib qolganligi sabab jahl ustida yaşaş xonadoniga yaqin bölgan Katta Farğona kanaliga özini taşlab yuborganligi dastlabki suriştiruv davomida aniqlangan.
Ayolni topiş uçun şu kunning özida maxsus guruh taşkil etilib, qidiruv-qutqaruv işlari olib borilgan.

Faqat oradan 3 kun ötgaçgina, ayolning jasadi suvga taşlagan joydan 200 metr naridan, qum uyumlari ostidan topilgan.
Avvalroq Katta Farğona kanalining Özbekiston tumanidan ötuvçi qismida çökib ketgan 2-sinf öquvçisining jasadi 9 kun ötib topilgani haqida xabar berilgan edi.












