Amerika Kubogi. Final
Argentina — Braziliya — 1:0 (1:0)
Gol: Di Mariya, 22.
Argentina: E.Martines, Otamendi, Akunya, Montiel, Romero (Petssela, 79), Di Mariya (Palasios, 79), Paredes (Rodriges, 54), de Paul, Lo Selso (Talyafiko, 63), Messi, L.X.Martines (Gonsales, 80).
Braziliya: Ederson, Tiagu Silva, Danilu, Markinyus, Lodi (Emerson, 76), Kazemiru, Fred (Robertu Firminu, 46), Lukas Paketa (Gabriel Barboza, 76), Neymar, Everton (Vinisius Junior, 63), Rişarlison.
Ogohlantirişlar: Fred, 3. Paredes, 33. Lo Selso, 51. de Paul, 67. Lodi, 70. Lukas Paketa, 72. Otamendi, 81. Markinyus, 82. Montiel, 89.
Hakam: Ostoxiç (Urugvay).
11 iyul. Rio-de-Janeyro. «Marakana» stadioni.
Butun dunyo Leoga muxlis
Final arafasida Messi va uning terma jamoa bilan haligaça sovrin yutmagani keng muhokama qilindi. Sönggi ön yilliklarda Argentina termasi hayoti sardorga juda boğliq bölib qolgandi. Lekin argentinaliklarning sönggi sovrini 28 yil muqaddam qölga kiritilgandi. 1993 yilgi Amerika Kubogi finalida Gabriel Batistuta dubl qayd etgan, maydon markazini öşanda Diyego Simeone betonlab taşlagan, Messi esa hali 6 yoşda edi.
Kopa Amerika: Messida dubl va mutlaq rekord. Argentina Braziliya bilan finalgaça töqnaşmaydi
Messi bilan ham Argentina barça turnirlarda favoritlar qatorida bölib keldi. JÇ-2014da finalga çiqildi. Qit'adagi turnirlarda faqat bir marta, 2011 yilgi turnirda pley-offning ilk bosqiçidayoq çiqib ketilgan (Argentina öz mezbonligidagi turnirda guruhdan ikkinçi örin bilan çiqib, çorakfinalda Urugvayga penaltilar seriyasida yutqazib qöygan, öşanda Braziliya ham çorakfinalda Paragvayga penaltilar seriyasida yutqazib turnirni erta tark etgan, yakunda Urugvay çempion bölgandi), yana bir marta - 2019 yilgi turnirda bronza medallar bilan kifoyalanilgan (yarimfinalda Braziliyaga mağlub bölingandi), uç marta finalga çiqilgan (2007 yil Braziliyadan 0:3 hisobida mağlubiyat, 2015-2016 yillarda Çiliga penaltilar seriyasida mağlubiyatlar).





















