Britaniyalik milliarder Riçard Brenson 5 kişilik jamoasi bilan birga 100 kmga yaqin balandlikka parvoz qildi. Brenson suborbital parvozni Virgin Galactic kompaniyasining Unity kosmolyotida amalga oşirdi. Kosmolyot Yer atmosferasi va fazo örtasidagi şartli çegara hisoblanuvçi Karman çiziğiga yetgan.

Qurilma AQŞning Nyu-Meksiko ştatidagi “Amerika” kosmodromidan ikki fyuzelyajli samolyot-taşuvçi White Knight Two yordamida orbitaga çiqarildi. Uşbu qurilma Brensonning onasi şarafiga Eve (Eva) deb nomlangan.

Parvoz dastlabki rejaga köra mahalliy vaqt bilan soat 16da boşlanişi kerak edi, biroq ob-havo şaroiti sababli 1,5 soatga keçiktirilgan.

15 km balandlikda kosmolyot samolyot-taşuvçidan ajralib, 100 km balandlikka yöl olgan.

Brenson bilan birga qurilmada sinovçi-uçuvçilar Deyv Makay va Maykl Mazuççi, tadqiqotlar uçun mas'ul xodim Sirişa Bandla, kompaniyaning yetakçi muhandisi Kolin Bennet va astronavtlarni tayyorlaş dasturi boşliği Bet Mozes bölgan.

9 kundan keyin dunyoning eng badavlat odami Jyeff Bezos ham fazoga parvoz qiladi. U parvozni öziga tegişli Blue Origin kompaniyasi işlab çiqqan New Shepard kemasida amalga oşiradi. Kompaniyada ta'kidlanişiça, Unity’ning parvozini Yerdan yetarliça baland kötarilmagani sababli fazoviy parvoz deb hisoblab bölmaydi. Kompaniya Brensonning kemasini “yuqori balandliklarda uçuvçi samolyot”, öz kemasini esa “haqiqiy raketa” deb atagan.