O‘zbekiston | 09:48 / 12.07.2021
2345
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda 6 sotix yerni E-AUKSION orqali 30 000 dollarga olib bermoqchi bo‘lgan mutasaddi ushlandi

Buxoro tumanida joylashgan 6 sotix yerni E-AUKSION orqali 30 000 AQSh dollariga olib bermoqchi bo‘lgan «O‘zshaharsozlik LITI» DUK Buxoro filiali arxitektori ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida, «O‘zshaharsozlik LITI» DUK Buxoro filiali arxitektori 1994 yilda tug‘ilgan E.N. va uning 1991 yilda tug‘ilgan sherigi R.S. ushlangan.

Ular oldindan jinoiy til biriktirib, o‘zga bir fuqaroni aldab, vakolatli tanishlariga pora berish orqali, Buxoro tumani B.Naqshband mahallasi hududidan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 6 sotix yer maydonini E-AUKSION elektron onlayn savdolari orqali olib berishni va'da qilib, 30 000 AQSh dollari talab qilgan. So‘ng, 10 000 dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan E.N. va R.S.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid