
“Biz dunyoviy, demokratik, huquqiy jamiyatda faoliyat yuritamiz. O‘zbekistonda Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2017 yildagi 364-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Mazkur qaror bilan Haj va Umrani tashkil etish huquqi jamoatchilik kengashiga berilgan. Jamoatchilik kengashining raisi din ishlari bo‘yicha qo‘mita hisoblanadi, uning o‘rinbosari O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi sanaladi. Shuningdek, kengash tarkibiga turli davlat va jamoat tashkilotlar vakillari kiritilgan.
Men buni monopoliya degan qarashga qo‘shilmayman. Fuqarolar ham to‘g‘ri tushunadi deb umid qilaman, chunki Haj va Umra – sayohat emas, ibodat hisoblanadi. Bu – mukammal diniy bilimni talab qiladigan va muayyan protsedura bilan bog‘liq bo‘lgan bir ibodat. Bu ibodatni amalga oshirish esa diniy tashkilotning o‘zining huquqi. Misol uchun, O‘zbekiston musulmonlar idorasi aynan mana shu yo‘nalish bo‘yicha respublikadagi markaziy boshqaruv organi sifatida tan olingan. Hamma fuqarolarimiz musulmonlar idorasini tan oladi.
Idora tomonidan Haj va Umra ziyoratining amalga oshirilishini monopoliya emas, o‘z faoliyatini amalga oshirish, deb hisoblayman. Qolaversa, tashkilot bundan muayyan bir foyda olmaydi. Chunki [Haj va Umra uchun to‘lovdan yig‘ilgan] bu mablag‘lar fuqarolarga xizmat ko‘rsatish qaratilgan pullar”, – dedi Dilshod Eshnayev 10 iyul kungi matbuot anjumanida.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Akmal Saidov ham mavzuga qo‘shimcha qilib, 7 marta Umra ibodatlarini ado etgani, Umra uchun turli davlatlardan kelgan musulmonlar o‘zbekistonlik ziyoratchilarga yaratilgan “sharoitlar va narxlarga havas qilgani”ga o‘z tajribasida guvoh bo‘lgani haqida gapirib o‘tdi.
“Nima demoqchi bo‘layotganingizni bilaman. Nima uchun, mana, qo‘shnilarda turfirmalar tashkil qiladi-ku, deydi. Qilsin turfirmalar ham, kim taqiqlaydi?” – ta'kidladi Akmal Saidov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan Umra ziyoratiga boruvchilar soni dastlab 2018 yilda 6 ming kishidan 10 ming kishiga oshirilgan edi. 2019 yilga kelib Umraga boruvchilar soniga qo‘yilgan cheklov butunlay















