BAAning “Masdar” kompaniyasi bilan Samarqand va Jizzax viloyatlarida quriladigan ikkita quyoş fotoelektr stansiyasi uçun loyiha kelişuvi imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ötkazilgan oçiq savdolar natijasiga köra, “Masdar”  2021 yilning may oyida uşbu loyihalarning ğolibi deb topildi.

Rasmiy xabarga köra, kompaniya Jizzax QFES elektr energiyasini yagona elektr tarmoğiga bir kVt soati uçun 1,823 AQŞ sent va Samarqand QFES 1,791 sent tarifida yetkazib beradi.

“Masdar” quyoş fotoelektr stansiyasida işlab çiqariladigan elektr energiyasini 25 yil davomida özgarmas tariflarda yetkazib beriş taklifini ilgari surgan.

Foto: Energetika vazirligi
Foto: Energetika vazirligi

Kompaniya bu loyihalarga 300 mln dollargaça investitsiya kiritadi. Loyihalar 2021 yilning dekabriga qadar moliyaviy yopilişi möljallangan hamda 2022 yilning birinçi çoragida quriliş işlari boşlanişi kutilmoqda.

“Mazkur elektr stansiyalari 2030 yilga borib qayta tiklanuvçi energiya manbalari hajmini 8 GVtga yetkaziş, jumladan, quyoş va şamol elektr stansiyalarining quvvati Özbekiston energetika sohasi oldiga qöyilgan vazifani amalga oşirişga kömaklaşadi. Bundan taşqari, taxminan 500 ming tonna CO2 ekvivalentida yillik issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirişga yordam beradi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Foto: Energetika vazirligi

Ma'lumot örnida, “Masdar” 2019 yildan buyon Özbekistonda yirik şamol va quyoş fotoelektr stansiyalarini quriş böyiça yirik bitimlar tuzmoqda. Xususan, 2019 yilda kompaniya Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt bölgan fotoelektr stansiyasini qurişga 100 million dollargaça sarmoya kiritiş böyiça bitim imzolagan