Toshkentdagi xalqaro konferensiya tufayli ayrim avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi

Toshkentda 15–16 iyul kunlari Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tishi hamda shu munosabat bilan Tashkent City atrofidagi yo‘llar avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. «Toshshahartransxizmat» xalqaro tadbir sabab o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradigan avtobuslar haqida ham ma'lumot berdi.
15–16 iyul kunlari 53, 64, 65, 141-sonli avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritiladi. Ular quyidagi chizmadagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi:
Toshkent shahar IIBB tadbirni o‘tkazish jarayonida Tashkent City majmuasi atrofidagi quyidagi yo‘llar transport vositalarining harakatlanishi uchun yopilishini ma'lum qilgan:
- Islom Karimov ko‘chasi: Turob To‘la ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Furqat ko‘chasining mahalliy yo‘li: Islom Karimov ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha;
- Olmazor ko‘chasi: Beshyog‘och ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
«Toshshahartransxizmat» keltiriladigan noqulayliklar uchun so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

00:41 / 30.03.2025
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

16:08 / 28.03.2025
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va 20 kishiga sud hukmi o‘qildi

18:27 / 15.01.2025
“Infokiosklarning qaytim bermaslik masalasini yechish imkonsiz” - “Toshshahartransxizmat” raisi o‘rinbosari

15:22 / 15.01.2025