Navoiyda xorijga chiqishiga taqiq qo‘yilgan ota 32,4 million so‘m aliment to‘ladi

Foto: KUN.UZ
Konimex tumanida xorijga chiqishiga taqiq qo‘yilgan qarzdor ota farzandi uchun 32,4 mln so‘m aliment to‘lab berdi. Bu haqda MIB Navoiy viloyati boshqarmasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining 2013 yil 28 yanvardagi ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor A.T.dan undiruvchi A.M.ga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur hujjat sobiq sud ijrochilarining Konimex tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, ijro harakatlari olib borilgan. Qarzdorning O‘zbekiston hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Qarzdor ota 2021 yilning 25 iyul kuni chetga chiqishi kerakligi, unga nisbatan o‘rnatilgan cheklovni bekor qilishni so‘rab MIB Konimex tumani bo‘limi xodimlariga ariza bilan murojaat qilgan. O‘tkazilgan profilaktik suhbat natijasida ota farzandi 18 yoshga to‘lguniga qadar 32,4 million so‘m pul mablag‘ini oldindan to‘lab bergan.
Avvalroq viloyatning Qiziltepa tumanida yashovchi xorijga chiqishiga taqiq qo‘yilgan ota 143 million so‘m aliment to‘lagandi.
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
Jahon | 19:02
-
Toshkentdagi “Gumma-Xonim ” ovqatlanish markazi buyurtmalar uchun sall-markazni ishga tushirdi
Jamiyat | 19:00
-
Ukraina ikki kun ichida Rossiya bo‘ylab 500 ga yaqin dron uchirdi
Jahon | 18:56
-
Sud Yakkasaroyda aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan mehmonxona qurilishini vaqtincha to‘xtatdi
Jamiyat | 18:50
Mavzuga oid

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi

18:21 / 09.04.2025