Surxondaryo viloyati Termiz tumanida spirtli içimlik içgan ota maşina boşqaruvini 12 yoşli öğliga berib, YPX xodimlaridan ötib ketmoqçi bölgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 15 iyul kuni viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan Termiz tumani Amir Temur mahallasi hududida ötkazilgan nazorat reydi vaqtida «Damas» töxtatilganda maşinani 12 yoşli bola boşqarib kelayotgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, «Damas» haydovçisi spirtli içimlik iste'mol qilgani tufayli, yölda harakatlanib kelayotganda YPX xodimlarini körib, maşina boşqaruvini öğliga bergan. Maşinada bolaning onasi ham bölgan.

Ta'kidlanişiça, spirtli içimlik iste'mol qilgan haydovçi otaga Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 31-moddasi böyiça ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Maşina vaqtinça jarima maydonçasiga joylaştirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida 13 va 16 yoşli bolalar «Kamaz» yuk maşinasida ğişt taşib yurganda YPX xodimlari tomonidan töxtatilgani xabari berilgandi.