Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida maşinani tegişli hujjatlarsiz boşqargan şaxs yöl-transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda 11 yoşli bola halok bölgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 16 may kuni soat 16:20larda Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy bergan. Tumanning Majnuntol mahallasida yaşovçi şaxs tegişli hujjatlari bölmagan holda davlat ahamiyatidagi 4R 103 avtomobil yölida VAZ-2107 maşinasi bilan harakatlanib kelayotganda yölni kesib ötayotgan şu mahallada yaşovçi 11 yoşli bolani urib yuborgan.
Oqibatda oğir tan jarohatlari olgan bola Şerobod tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şifoxonaning jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Suriştiruvlarda ma'lum bölişiça, mazkur şaxs VAZ-2107 maşinasini qöşni tumanda yaşovçi şaxsdan sotib olgan va haydovçilik guvohnomasi bölmagan holda boşqarib kelgan. U hodisa sodir bölganda tajribasizlik va e'tiborsizlik qilgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, mazkur şaxs sodir etgan hodisa yuzasidan tuman IIB tomonidan qöşimça suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Surxondaryodagi «avariya»da ikki nafar piyodaning ölimiga sabab bölgan haydovçi qoçib ketdi
Surxondaryoda sodir bölgan «avariya»da keksa onaxon vafot etdi

















