Kun.uz muxbiri tadbir yakunida qator savollar böyiça qonunçilik palatasi matbuot xizmati rahbari Navröz Rizayevdan izoh söradi.

— Yaqinda Oliy Majlisning ikki mansabdor deputati – XDP raisi Uluğbek Inoyatov va «Adolat» SDPning parlamentdagi fraksiyasi rahbari Zuhra Ibragimova jurnalist Şuhrat Dehqonov yozgan maqoladan köçirib, ularni öziniki, deb e'lon qilgani ortidan plagiatda ayblangandi.

Voqealar rivoji haqida ma'lumot bersangiz, ular jazoga tortildimi?

— Öylaşimça, masala jazogaça bormadi. Bu kabi holatlar qaçon jazogaça borişini siz, biz yaxşi bilamiz.

Ikkinçidan, köçirmaçilik degan gaplar çiqyapti. Lekin OAVda e'lon qilingan mahsulotdan barça foydalanişi mumkin. Masalan, gazeta, jurnal, kitob öqiymiz va uni efirga uzatamiz. Ha, Şuhrat Dehqonov tajribali jurnalist. U Oliy Majlisda deputat ham bölgan.

Siz savol bergan vaziyatda maqola aynan köçirilmagan, raqamlar, sözlar özlaştirilgan. Öylaşimça, partiyalar uning yozganlaridan nimanidir özlaştirgan bölsa, buni ijobiy maqsad deb qabul qiliş kerak.

Bu yerda «Intellektual mulk haqida»gi qonunni ham qaraş kerak. Agar u qandaydir ixtiro, asar yoki şe'r bölganda boşqaça holat bölardi.

— Parlament quyi palatasi saytida deputatlar tez-tez tanqidiy maqolalar bilan çiqişlar qiladi. Ammo ular bildirgan tanqidlar faqat saytda çop etiş bilan yakunlanadi.

Nega Deputatlar muammoli holatlar yuzasidan hukumatga tinimsiz sörovlar yuborib, ularni hal qiliş ustida işlamaydi, yoki ulardan şunçaki tanqidiy maqolalar hisoboti söraladimi?

— Keling, tahlil qilib köraylik. Hozir köplab qonunlar qaytarilyapti. Nima uçun? Pişiq bölmagani uçun. Oxirigaça yetilyapti. Köça, yöl, elektr muammolarini joylarga çiqib hal qilib kelyapmiz.

Bizda deputatlarga tanqidiy maqola yoz, degan topşiriq berilmaydi. Hozir söz erkinligi. Deputatlar yozayotgan tanqidiy maqolalar ham ayni şu erkinlik natijasi.