Farhod Salomov boşqa işga ötayotgani munosabati bilan işdan ketgani aytilmoqda. U 2019 yil oktyabrida, Xalq banki boşqaruvi raisi etib tayinlandi. Undan oldin, 2018 yil oktyabridan şu bank raisi örinbosari sifatida ham işlagan.

Bankning yangi raisi Şuhrat Otaboyev 1978 yilda tuğilgan. Dastlab, Toşkent moliya instituti (2000 yil), keyinçalik Yaponiyaning Siyosiy fanlar Milliy instituti (2005 yil) hamda prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini (2010 yil) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995 yil Navoiy viloyatidagi 14-örta maktabda ingliz tili öqituvçiligidan boşlagan. 1998 yildan boşlab Toşkent davlat texnika universiteti «Kamolot» jamoat markazida boş hisobçi bölib faoliyat yuritgan.
2001-2012 yillarda Özbekiston Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2015-2017 yillarda «Xalq banki» AT boşqaruvi raisi örinbosari etib tayinlangan. 2017 yil iyunidan 2018 yil 14 noyabriga qadar Markaziy bank raisi örinbosari lavozimida işlagan.
2018 yil 14 noyabrda «Ipoteka bank» ATB raisi lavozimiga tayinlangan.
Şuhrat Otaboyev 2021 yil fevral oyidan buyon Özbekiston prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantiriş, investitsiya va taşqi savdo siyosatini amalga oşiriş masalalari böyiça maslahatçisi Ravşan Ğulomovning örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
















