Bugun turli ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyatining turli hududlarida kuçli şamol esib, qum böroni bölayotgani tasvirlangan videolavhalar tarqalmoqda.

Jumladan, Kun.uz mobil muxbirining ma'lum qilişiça, ayni damda viloyat markazi Qarşi şahrida kuçli şamol esib, qum böroni bölyapti. Şamol tufayli elektr energiyasi ta'minotida muammolar yuzaga kelgan. Şaharning aksariyat köçalarida svetoforlar işlamayapti.

Eslatib ötamiz, Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 27 iyul kuni Özbekistonda şamol tezligi 25-30 metr/sekundgaça yetişini va mamlakat böylab çangli böron sodir bölişini xabar qilgandi.