1 avgustgaça Respublikadagi barça tuman va şaharlar aholisi öz hududidagi yöl yoki binolar ta’miri, içimlik suvi va yoritiş tizimlari bilan boğliq muammolarni “Oçiq budjet” portaliga yozib qoldirişi mumkin.

Takliflar orasidan tanlangan loyihalar mahalliy budjet daromad va xarajatlarining ma’lum qismidan moliyalaştiriladi.

Moliya vaziri Timur Işmetov Twitter'dagi sahifasida aholini bu borada faollikka çaqirdi.

“Yangi talqindagi “Oçiq budjet” portali mablağlarning sarflanişi ustidan nafaqat parlament va jamoatçilik nazoratini, balki fuqarolar budjet mablağlarining işlatilişidagi iştirokini oşirişga xizmat qiladi.

Fuqarolarning jamiyatimiz uçun hududlardagi xayrli va dolzarb masalalarni hal etişga qaratilgan taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşda uşbu portal munosib xizmat qiladi, deb umid qilamiz”, – deb yozdi vazir.

Şuningdek, Işmetov hozirgaça 8 mingdan ziyod taşabbuslar kelib tuşgani, bu takliflar har bir fuqaroning yaşaş hududidagi muammolarni hal qilişga yordam berişini aytadi:

“Yaşab turgan şahringiz yoki mahallangizni obodonlaştiriş böyiça qanday takliflaringiz bor? Fikrlaringizni döstlaringiz va qöşnilaringiz qöllab-quvvatlaydimi? Loyihangizni “Taşabbusli budjet” orqali amalga oşiring.

Hozirda portalga 8 mingdan ziyod taşabbuslar kelib tuşgan. “Taşabbusli budjet” fuqarolarga özi istiqomat qilayotgan hududlardagi mavjud qiyin masalalarni hal etiş imkoniyatini taqdim etadi.

Buning uçun 157 mlrd sömdan ortiq mablağ yönaltirilgan bölib, yeçim topiş mumkin bölgan vaziyatlarda sizning ovoz va takliflaringiz muhimdir”, – deydi MV rahbari.

Vazir Sirdaryo viloyatidan kelib tuşgan taşabbus tufayli, aholining suv muammosini hal etiş uçun mablağ ajratilganiga töxtaldi.

“Bir misol bilan bölişsam, Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, Döstlik mahallasi aholisi suvsizlikdan qiynalar edi. Mahalla faollari “Oçiq budjet” portaliga öz taşabbuslarini yozib qoldirdilar va uşbu taklif eng köp ovoz töpladi. Davlat budjetidan ajratilgan mablağ evaziga suv ta’minoti yölga qöyildi.

Şunday xayrli taşabbuslarda faol böling, oçiq budjet sari taşabbusingiz sabab atrofimizda esda qolarli va barça uçun foydali loyihalar bilan iz qoldiriş imkonini boy bermang”, – deya sözlarini yakunlaydi Timur Işmetov.