Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan vazifalar böyiça videoselektor yiğilişida sohada işlar qoniqarsiz ekani, mutlaqo yangi tizim joriy etilişi ma'lum qilindi.
«Bir hafta muddatda har bir Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçasiga ikkitadan oliygoh va sport maktablari biriktiriladi. Biriktirilgan rektorlar Mehribonlik uylariga tarbiyaçilar tayyorlaş, kutubxona fondini boyitiş, bolalarni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlarga örgatiş va ularning kelgusida oliygohlarga kirişiga kömaklaşiş muhitini şakllantirişga, teatr va konsertlar taşkil etişga mas'ul va javobgar böladi.
Oliygohlarning yetakçi professor-öqituvçilari haftada kamida ikki kun uşbu tögaraklarga kelib, bolalarni öqitib beradi. Buning uçun ularga alohida ustama tölanadi. Şuningdek, rektorlar Mehribonlik uylarining har bir tarbiyalanuvçisiga bitiruvçi kurs a'loçi talabalarini biriktirib, ularga motivatsiya berib boriş amaliyotini yölga qöyadi», degan davlat rahbari.
Yunusobod tumanidagi 21-son Mehribonlik uyiga Axborot texnologiyalari universiteti va Moliya instituti, Çilonzordagi 22-son Mehribonlik uyiga Jahon tillari universiteti va Toşkent pedagogika universiteti biriktiriladi.
«Birgina misol, Çirçiq şahridagi 14-sonli mehribonlik uyida INHA universiteti bilan yangi tizim yaratilgan.
Şu bois biriktirilgan rektorlar mehribonlik uylariga tarbiyaçilar tayyorlaş, kutubxona fondini boyitiş, bolalarni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlarga örgatiş va ularning kelgusida oliygohlarga kirişiga kömaklaşiş muhitini şakllantirişga, teatr va konsertlar taşkil etişga mas'ul va javobgar böladilar», deydi prezident.
Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi sport federatsiyalari bilan birga, ikki hafta muddatda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari uçun yakkakuraş, futbol, suziş, tennis, şaxmat kabi sport tögaraklari taşkil etiladi.
Viloyat hokimlari bir oy muddatda Mehribonlik uylaridagi bolalarning sport bilan şuğullanişlari uçun barça şaroitlarni yaratib beriş, zarur sport anjomlari bilan ta'minlaşga şaxsan mas'ul böladi.
«Har yili yoz va qiş mavsumlarida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari hamda vasiylik, homiylik va patronatda bolalar uçun Buxoro, Samarqand, Xiva, Şahrisabz, Qöqon, Termiz kabi qadimiy şaharlarga sayohat dasturini tasdiqlab, amalga oşiriş zarur.
14 yoşdan yuqori öğil-qizlarni, Mudofaa vazirligida yölga qöyilgan tizim kabi, eng talab yuqori kasblarga örgatişni yölga qöyadi.

















