Videoselektorda vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalarga 18 yoşga tölguniga qadar mahalliy budjetdan 1,2 million söm, nogironligi bölganlarga esa, respublika budjetidan 2,5 million sömdan tölanişi ma'lum qilindi.
«Işçi guruhi tuziladi, vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar ahvoli, ularning oilaviy şaroitidan haftalik xabar oladigan tizim yaratiladi. Bunda, mehrga muhtoj bolalarni farzandlikka olib, öz jigarbandi sifatida tarbiyalayotgan oilalarning faoliyatiga aralaşmaslik kerak.
Umuman, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari bilan işlaşning yangi tizimini vasiylikka olingan bolalar bilan işlaşga ham joriy etiş kerak. Vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar 18 yoşga tölguniga qadar mahalliy budjetdan 1,2 million söm, nogironligi bölganlarga esa, respublika budjetidan 2,5 million söm tölanadi.
Nogironligi bölgan bolalarni öz qaramoğiga olgan oilalarga, ularning parvariş davrini mehnat stajiga qöşib hisoblaş tartibi joriy etiladi. 1 sentyabrdan boşlab nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib çiqib belgilanadi. Bunda bolalar yoşi 14 yoşdan 18 yoşgaça, tölov muddati 6 oydan 12 oygaça uzaytiriladi.
Bundan taşqari, «temir daftar»ga kirgan oilalarning 122 ming nafar farzandlari, şuningdek, 370 ming nafar boquvçisini yöqotgan va nogironligi bölgan bolalarga maktabga çiqişi uçun 500 ming sömdan beriladi (bunga budjetdan 250 milliard söm ajratiladi).
Vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar ham oliygohlarga kirişda Mehribonlik uylari va Bolalar şaharçalari bitiruvçilari uçun ajratilgan qöşimça kvotadan foydalanadi. Hozirda çin yetimlarga ajratilgan 1,6 mingta kvotaning 563tasidan foydalanilgan, xolos.
Bundan buyon boşqa hududlardagi Mehribonlik va Bolalar uylari tarbiyalanuvçilarini ham tarbiyaga olişga ruxsat beriladi va elektron navbat tizimi yölga qöyiladi. Misol uçun, Toşkent şahrida 64 nafar bolaga 518ta oila navbatda turibdi. Bu tizimda muammo bor, byurokratiya avj olgan, şaffoflik yöq», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















