Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Afğonistonning Hirot şahridagi ştabiga amalga oşirilgan hujumni qoraladi.
BMTning Afğonistonga yordam körsatiş missiyasi xabariga köra, hujum oqibatida bir nafar politsiyaçi halok bölgan va bir neça ofitser yaralangan.
Ma'lumot berilişiça, ştabga granatomyot va artilleriya yordamida hujum qilingan.
"Uşbu hujumni amalga oşirganlar aniqlanişi va javobgarlikka tortilişi lozim", - dedi missiya rahbari Debora Layons.
Şuningdek, xabar qilinişiça, hujum amalga oşirilgan hududda toliblar va hukumat qöşinlari örtasida janglar bölib ötgan.


















