Özbekiston Notarial palatasi 28 iyul kuni birinçi yarim yillikdagi faoliyati yuzasidan matbuot anjumani ötkazdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Notarial palata raisi Dilşod Aşurovning ma’lum qilişiça, bugungi kunda Notarial palataga xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi 872 nafar notarius a’zo hisoblanib, ular tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligi davomida milliondan oşiq notarial harakatlar amalga oşirilgan.
Jumladan, yarim yillikda köçmas mulkni boşqa şaxsga ötkaziş bilan boğliq 148 750ta şartnoma rasmiylaştirilgan bölib, şundan kvartirani, uyni yoki uning bir qismini boşqa şaxsga ötkaziş böyiça 108 723ta oldi-sotdi şartnomasi, 27 752ta hadya şartnomasi, 139ta ayirboşlaş şartnomasi rasmiylaştirilgan.
Şuningdek, noturar joyni oldi-sotdi, hadya qiliş, ayirboşlaş böyiça 12 045ta, fuqaro hayotligi davomida qarab turiş böyiça 77ta şartnoma rasmiylaştirilgan.

2021 yilning dastlabki 6 oyi davomida amalga oşirilgan avtomaşina oldi-sotdi şartnomasi soni jami 209 322tani taşkil qilgan bölsa, avtomaşinani hadya qiliş böyiça 8 400ta, ayirboşlaş böyiça 46ta, ijaraga beriş böyiça 55 525ta şartnoma rasmiylaştirilgan.
Avtotransportni tasarruf etiş huquqi bilan jami 236 378ta işonçnoma rasmiylaştirilgan bölib, şundan 4 139tasi qarindoşlarga, 232 239tasi qarindoş bölmagan şaxslarga nisbatan rasmiylaştirilgan.
Avtotransportni boşqariş huquqi bilan jami 97 941ta işonçnoma rasmiylaştirilgan bölib, şundan 8 064tasi qarindoşlar örtasida, 89 877tasi qarindoş bölmagan şaxslar örtasida rasmiylaştirilgan.
Ikkilamçi bozordagi avtomobilni xaridor nomiga rasmiylaştiriş nega bunça qimmat?
Ötgan davr davomida notariuslar tomonidan 8 185ta vasiyatnoma rasmiylaştirilgan. Fuqarolarga meros böyiça berilgan guvohnomalar soni 30 612tani taşkil qilgan.
Şuningdek, notariuslar 70 107ta garov şartnomasi, 23 795ta ipoteka şartnomasi, 523ta lizing şartnomasi, 1 249ta nikoh şartnomasini davlat röyxatidan ötkazgan.

















