Muhtaram vatandoşlar!

Qadrli döstlar!

Siz, azizlarni, butun Özbekiston xalqini mamlakatimizda birinçi bor nişonlanayotgan bayram – Xalqlar döstligi kuni bilan çin qalbimdan, samimiy muborakbod etib, barçangizga özimning çuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ma'lumki, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining qaroriga muvofiq, 30 iyul – butun dunyoda Xalqaro döstlik kuni sifatida nişonlanib keladi. Özbekistonda şu yil 10 fevralda qabul qilingan qonunga asosan uşbu sana Xalqlar döstligi kuni deb belgilandi. Bu bayramning ta'sis etilişi butun respublikamiz aholisining ayni könglidagi iş böldi.

Bizning qadimiy va qutluğ zaminimiz köp asrlar davomida Buyuk ipak yöli çorrahasida joylaşib, turli sivilizatsiya va madaniyatlar özaro munosabatga kirişgan, nafaqat savdo, balki gumanitar aloqalar amalga oşirilgan markaz bölib kelgan. Bu yerda yonma-yon yaşagan turli xalqlar, madaniyat va dinlar vakillarining aynan döstlik, yaxşi qöşniçilik munosabatlari mintaqamizning madaniy rivoji uçun qudratli omil bölgan.

Çindan ham, bizning ajdodlarimiz oğir zamonlarda avvalambor köpmillatli xalqimizning birligi va jipsligi, fidoyiligi, insonparvarligi va bağrikengligiga tayanib, barça sinov va maşaqqatlarni yengib ötgan.

Özbekiston – ulkan imkoniyat va resurslarga ega bölgan mamlakat. Lekin bizning eng katta boyligimiz – turli millat va konfessiyalar vakillari örtasidagi tinçlik va barqarorlik, özaro hurmat va hamjihatlikdir.

Biz bunday bebaho boylik bilan haqli ravişda faxrlanamiz hamda davlatimiz va jamiyatimizning bor kuç va imkoniyatlarini mamlakatimizdagi döstlik va ahillik muhitini mustahkamlaşga yönaltiramiz.

Mustaqil Özbekistonda millatlar va konfessiyalararo totuvlik va özaro bir-birini tuşuniş, yoş avlodni bağrikenglik, milliy va umumbaşariy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş davlat siyosatining eng muhim ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi.

Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda Özbekiston Respublikasining barça fuqarolari, millati, tili va dinidan qat'i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekani muhrlab qöyilgan. Ularga öz madaniyati, an'ana va urf-odatlarini rivojlantiriş uçun barça şaroitlar yaratilgan.

Keyingi yillarda uşbu yönalişda olib borilayotgan işlar özining sifati va ma'no-mazmuniga köra yangi, yanada yuksak bosqiçga kötarildi.