Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylaşgan avtomobillarga siqilgan gaz quyiş şoxobçasida gaz olayotgan «Jiguli» maşinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, bugun, 31 iyul kuni soat 13:10larda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Zafarobod tumanida joylaşgan avtomobillar siqilgan gaz quyiş şoxobçalarining birida yonğin kelib çiqqani va gaz töldirayotgan maşina yonayotgani haqida ma'lumot kelib tuşgan.

Yonğin sodir bölayotgan joyga darhol yonğin-qutqaruv bölinmasi yuborilgan. Qutqaruvçilar manzilga yetib borganida şoxobçada «Jiguli» maşinasi yonayotganligi ma'lum bölgan. Körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida şoxobça faoliyati avariya holatida töxtatilib, u yerda bölgan boşqa transport vositalari va odamlar zudlik bilan xavfsiz joyga köçirilgan.

Qayd etilişiça, yonğin qisqa muddatda bartaraf etilgan. Ammo ungaça maşinaning asosiy qismi yonib bölgan. Mazkur hodisada heç kim jabrlanmagan va tan jarohatlari olmagan. Hozirda yonğin sabablari va körilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.