Özbekiston harbiy kontingenti Termizdan Xatlondagi «Harbmaydon» poligoniga qadar bölgan 200 km masofani bosib ötib, öz harbiy texnikasida marşni amalga oşirdi.

Tojikistonga qöşma maşğulotlarda qatnaşiş uçun 200dan ortiq özbek harbiylari keldi, deb xabar bermoqda «Aziya-Plyus» Tojikiston hukumatining kuç blokidagi öz manbasiga tayangan holda.

Özbek askarlari va zobitlari 5-10 avgust kunlari Tojikiston-Afğoniston çegarasi yaqinidagi poligonda ötkaziladigan Tojikiston, Rossiya va Özbekiston qurolli kuçlari bölinmalarining qöşma maşğulotlarida qatnaşadi.

Özbekiston, şuningdek, Tojikistondagi «Harbmaydon» poligoniga 20dan ortiq harbiy texnika yubordi.

Tojikiston, Rossiya va Özbekiston harbiy xizmatçilari maşqlarda Afğonistondan jinoiy tödalarning Tojikiston hududiga kirib kelişi ehtimoli böyiça birgalikdagi harakatlarni işlab çiqadi.

Maşqlarga aviatsiya, artilleriya, zirhli maşinalar, uç davlatning 2 mingdan ortiq askar va zobitlari jalb qilinadi.