Prezidentning «Özbekiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligini taşkil etiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021-2024 yillarda ösimliklar karantini va himoyasi sohasini rivojlantiriş böyiça «Yöl xaritasi»;
  •  Ösimliklar karantini va himoyasi agentligining hamda markaziy apparatining tuzilmasi taşkiliy tuzilmasi;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligining tuzilmasi;
  • Viloyatlar ösimliklar karantini va himoyasi boşqarmalarining namunaviy tuzilmasi;
  • Toşkent şahar Ösimliklar karantini va himoyasi boşqarmasining tuzilmasi;
  • Ösimliklar karantini va himoyasi tuman (şahar) bölimlarining namunaviy tuzilmasi.

Ösimliklar karantini va himoyasi agentligiga quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • ösimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oşiriş;
  • tuproq agrokimyoviy tahlillarini ötkaziş va qişloq xöjaligiga yetkazib beriladigan barça turdagi mineral va mikrobiologik öğitlar sifatini nazorat qiliş, tuproq va qişloq xöjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsid, nitrat va oğir metall tuzlari qoldiqlarini dala şaroitida radiologik-toksikologik tahlillardan ötkaziş;
  • ösimliklar karantini va himoyasida prognoz tizimini takomillaştiriş, zararli organizmlarga qarşi kuraşning uyğunlaşgan samarali usullarini belgilaş hamda ijrosini nazorat qiliş, monitoring olib boriş, iqtisodiy zarar yetkazişi mumkin bölgan zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş hamda yöq qiliş;
  • ösimliklar klinikalari va biolaboratoriyalar tizimini rivojlantiriş hamda ularning faoliyatini muvofiqlaştiriş va boşqalar.

Agentlik boş direktori Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi çigirtka va tut parvonasiga qarşi kuraş xizmati «Özagrokimyohimoya» AJning ustav kapitalidagi davlat uluşini kamaytiriş hisobiga Agentlikka ötkaziladi.