Seminarlarda markaziy studiyalardan viloyat hokimlari, ularning tegişli örinbosarlari, viloyat boşqarma va taşkilotlari rahbarlari hamda aholi murojaatlari bilan işlaş böyiça mas'ul xodimlar iştirok etişyapti. Joylardagi studiyalardan esa şahar va tumanlar hokimlari va ularning birinçi örinbosarlari tumandagi sektor rahbarlari va taşkilot boşliqlari qatnaşyapti.


Şu bilan birga, joylarda aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini yangiça taşkil etiş böyiça hokimliklar qoşida “Tezkor ştab”lar tuzilyapti. “Tezkor ştab” rahbari viloyat hokimi bölib, ştab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar hamda yuqori taşkilotlar tomonidan yuborilgan topşiriq va tavsiyalar ijrosini ta'minlaydi. Sayyor va şaxsiy qabullar ötkazadi.

“Tezkor ştab” guruhi ma'lumotlarni elektron bazaga kiritadi, korxonalar tomonidan qayta örganilgan murojaatlar töğrisidagi dalolatnomalar va fuqarolarning tuşuntiriş hamda minnatdorçilik xatlari böyiça kunlik ma'lumotlarni yiğadi. Natijada, uşbu körsatkiçlar haqqoniyligini Xalq qabulxonalari mudir va mutaxassislari örgangan holda hujjatlar yiğib boriladi.

















