Prokuratura Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektori fuqaroni kaltaklab o‘ldirgani aytilgan xabar yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Baxtiyar Dauletmuratov Taxiatosh tumani IIB profilaktika inspektori Salamat Baymuratov tomonidan olib ketilib, tuman IIBda tan jarohati yetkazilgani sababli vafot etgani haqida xabar tarqalgandi.

Foto: KUN.UZ
Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi qo‘shimcha ma'lumot berdi.
Aniqlanishicha, 23 may kuni Taxiatosh tumanida yashovchi fuqaro B.Dauletmuratovning ko‘chada mast holatda yotgani yuzasidan xabar bergan shaxslarning chaqiruviga binoan voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari uni Taxiatosh tuman IIBga olib ketadi. Bu yerda uning sog‘ligi yomonlashgani sababli, Taxiatosh tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Taxiatosh tuman tibbiyot birlashmasida esa B.Dauletmuratovga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilib, shu kuni qarindoshlari orqali uyiga ruxsat berib yuborilgan.
B.Dauletmuratov uyida ahvoli yomonlashgani sababli 29.05.2021 yilda yana Taxiatosh tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va davolash muolajalaridan keyin 05.07.2021 yilda uyida vafot etgan.
O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, B.Dauletmuratovning o‘limi o‘pka pnevmoniyasi natijasida kelib chiqqani, lekin uning badanida o‘limidan oldin yetkazilgan tan jarohatlari mavjudligi aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirgi kunda uning tanasidagi jarohati qachon va kim tomonidan yetkazilganini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.
Oldinroq Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektori fuqaroni kaltaklab o‘ldirgani aytilgan xabar yuzasidan IIV rasmiy izoh bergandi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Jamiyat | 15:18
-
WSJ: Eron AQSh bilan muzokaralarda yadroviy dasturini cheklash evaziga sanksiyalar yumshatilishini talab qildi
Jahon | 15:00
-
Rossiya qo‘shini Sumi markaziga raketa zarbalari yo‘lladi
Jahon | 14:59
-
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Mavzuga oid

16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

22:01 / 25.01.2025
Qoraqalpog‘iston va Andijonda pul evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

17:49 / 09.01.2025