Toşkent markazida, Amir Temur xiyoboni yaqinidagi Le Grande Plaza (sobiq “Tata”) mehmonxonasi yonidagi boğ hududining bir qismi ötgan hafta qizil-oq lenta bilan örab qöyilgani, gazonda esa oq çiziq paydo bölgani mahalliy fuqarolar e'tiborini tortdi.
“Bolalar dunyosi” (“Detskiy mir”) avtobus bekati yaqinida joylaşgan bu yer – şaharning attraksionlar örnatilmagan sanoqli yaşil hududlaridan biri.
Boğning taxminan 50 sotix qismida bino poydevorining tarhi deya taxmin qilingan lenta va çiziqlar paydo bölgaç, mahalliy aholi boğ taqdiridan xavotirga tuşib, Ekologiya qömitasiga murojaat qilgan.
Mirzo Uluğbek tumani ekologiya inspektori Xurşid Abdurasulov Kun.uz bilan suhbatda, moratoriy amal qilayotgan vaqtda boğdagi daraxtlarni kesişga ruxsat berilmasligini aytdi.

“Şahrisabz va Mustaqillik köçalari kesişuvidagi istirohat boğida quriliş qiliş maqsadida loyiha amalga oşirilayotgani haqida bizga murojaat kelib tuşdi. Şunga asosan, joyiga çiqib örgandik, daraxtlar xatlovdan ötkazildi. Quriliş hududida 320 dan ortiq katta va kiçik daraxt va butalar borligi ma'lum böldi. Boğning umumiy hududida esa 800ga yaqin turli daraxt va butalar mavjud.
Bizga bu yerda quriliş qilinişi munosabati bilan daraxtlarni kesiş yoki köçirib ötqaziş böyiça rasman murojaat kelib tuşmagan. Murojaat kelib tuşsa ham, bunga qarşilik bildiramiz. Ruxsat berilmaydi”, – dedi ekoinspektor Xurşid Abdurasulov.
Boğ hududida tortib çiqilgan lenta jamoatçilik noroziligi va ekoinspektorlar taşrifidan keyin köp ötmay olib taşlandi.

Daraxtzorda biz suhbatlaşgan mahalliy aholi vakillari bu yerga imorat qurilişiga qarşi ekanini aytişdi.
“Ayniqsa jazirama yoz oylarida bu atrofdagi aholi uçun juda kerakli maskanga aylanadi. Daraxtlar köpligini qarang. Toşkentda qançadan qança daraxtlar kesib taşlandi, kesib taşlaşyapti. Bunday joylar kamayib ketdi. Bu xiyobonni ham yöq qilişadimi? Biz bunga qarşimiz”, – deydi fuqarolardan biri.


























