Prezident tomonidan «Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi farmon imzolandi.
Hujjat bilan 26.03.2020 yildagi «Iqtisodiyotni rivojlantiriş va kambağallikni qisqartirişga oid davlat siyosatini tubdan yangilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5975-son farmonda bayon etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligining asosiy vazifalariga qöşimçalar kiritildi.
Xususan, vazirlik zimmasiga davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etiş sohasida quyidagi vazifalar yuklatildi:
- «Davlat funksiyalari – biznes uçun imkoniyat» loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga ötkazişning kompleks mexanizmi amalga oşirilişi yuzasidan monitoring olib boriş va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etiş böyiça takliflar işlab çiqiş;
- xususiy sektorga ötkazilişi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, şuningdek xususiy sektorning tegişli takliflarini e'lon qiliş va muhokamadan ötkaziş uçun elektron maydonça faoliyatini yuritiş;
- xususiy sektorga berilişi mumkin bölgan davlat funksiyalarini tahlil qiliş va örganiş natijasida tegişli çoralar köriş yuzasidan takliflar tayyorlaş.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan.

















