Zaranj toliblarning yurişi davomida hukumat qöldan çiqargan ilk viloyat markazi böldi. Ayni vaqtda Hirot, Laşkargoh va Qandahor şaharlari uçun ham janglar davom etmoqda.
AQŞ harbiylari mamlakatni tark eta boşlagaç, «Tolibon» keng kölamli hujumlarni boşlagandi. Turli ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda harakat mamlakat hududining 50 foizdan 80 foizgaça bölgan hududlarini (şaharlardan taşqaridagi hududlar) nazorat qilmoqda, ammo bugungi kungaça ular birorta viloyat markazini qölga olişmagandi.
Zaranj - yirik savdo markazlaridan bölib - jangarilarning uzoq vaqt davomidagi qamalidan keyin taslim böldi.
«Bugun ertalab Zaranjdagi viloyat gubernatori qarorgohi, politsiya binosi va boşqa köplab obektlar mujohidlar qöliga ötdi. Qolgan hududlar ham tozalanmoqda», deb ma'lum qilgan toliblar vakili Qori Yusuf Ahmadiy.

BBC’ning hukumatdagi manbasi ma'lumotiga köra, mahalliy afğon harbiylari bilan özaro janglar hamon davom etmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda şahardagi talonçilik holatlari aks etgan videolar tarqalgan.
Toliblar buning isboti sifatida şahar ma'muriyati binosi oldida tuşgan suratlarini e'lon qilişgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi postlarga işonilsa, toliblar politsiya uçastkasini egallagan va avtomobillarni olib ketgan.

Mahalliy manbalarning ta'kidlaşiça, şaharning katta qismi toliblar nazoratiga heç qanday qarşiliksiz ötgan.
Reuters agentligi manbasi ma'lumotiga köra, jangarilar hukumat kuçlariga yordam yetib kelmagani tufayli şaharni egallaşgan. Xabarlarga köra, şahar aeroporti ham jangarilar nazoratiga ötgan.
Şahar aholisi viloyat turmasi ma'muriyati va soqçilari qoçib ketgandan keyin u yerni önlab mahbuslar tark etayotgani aks etgan videolarni tarqatgan.
Zaranjning egallanişi, köp ehtimol bilan toliblarning yurişlarini yanada rivojlantiradi. Bu yuriş mamlakatni 20 yillik uruşdan keyin AQŞ harbiylari butunlay tark etişi fonida olib borilmoqda. Ayni vaqtga kelib amerikalik harbiy xizmatçilarning 95 foizga yaqini olib çiqilgan. Toliblarning maqsadi Afğonistonda 1996-2001 yillarda hukmronlik qilgan Islom amirligini tiklaş hisoblanadi.




















