Markaziy bank iyul oyi yakunlari böyiça Özbekistonning xalqaro zaxiralari töğrisidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.
Iyul oyi yakunlariga köra, Özbekiston oltin-valuta zaxiralari qoldiği 1 mlrd dollardan ziyodga köpayib, 35,1 mlrd dollarni taşkil etdi. 1 iyulda zaxiralar 34,1 mlrd dollarni taşkil etgan.
Bunda oltin miqdori 1,3 mlrd dollarga oşib, 21,5 mlrd dollarga yetgan.
Zaxiralardagi oltinning sof fizik hajmi 300 ming troya unsiyasiga yoki 9,3 tonnaga köpaygan. Avgust oyining boşida Özbekiston 11,8 mln troya unsiyasi yoki qariyb 367 tonna oltin zaxiralarini jamlagan.
Eslatib ötamiz, 2021 yil 1 iyun holatiga, Özbekiston oltin-valuta zaxiralari 35,5 milliard dollarni taşkil etgandi. Bu rasmiy zaxiralarning ilk marta 35 mlrd dollardan oşişi böldi. Bunga sabab sifatida jahon bozorida oltin narxlarining tiklana boşlaşi körsatilgandi.
















