Özbekiston, Tojikiston va Rossiyaning Afğoniston bilan çegara yaqinida, Xatlon viloyatidagi «Harbmaydon» poligonida 1 avgustda boşlangan harbiy maşqlari bugun, 10 avgust kuni yakunlanadi.

Maşğulotlarning yakuniy bosqiçini Özbekiston mudofaa vazirining birinçi örinbosari -  Qurolli Kuçlar boş ştabi boşliği Şuhrat Xolmuhammedov, Tojikiston mudofaa vaziri Şerali Mirzo va Rossiya Markaziy harbiy okrugi qömondoni Aleksandr Lapin kuzatmoqda. Bu haqda Tojikiston mudofaa mahkamasi matbuot markazi boşliği, polkovnik Faridun Mahmadalizoda «Aziya-Plyus»ga ma'lum qildi. 

10 kunlik maşğulotlarga uç davlat armiyasining 2,5 mingdan ortiq askar va ofitserlari, 500ta harbiy texnika va artilleriyasi, 25ta jangovar samolyot va vertolyotlari jalb qilindi.

Maşqlar davomida harbiylar şartli ravişda Tojikiston hududiga bostirib kirgan noqonuniy qurolli tuzilmalar otryadlarini qöşinlar guruhi tomonidan mağlub etiş böyiça jangovar harakatlarni ötkazişga tayyorgarlik kördi.

Bugun Özbekiston, Tojikiston va Rossiya mudofaa idoralari bölinmalari terrorçi guruhlarni davlat çegarasini kesib ötişi vaqtida yöq qiliş böyiça maşq ötkazadi.

Şu bilan birga, Özbekiston Mudofaa vazirligi maşqlar bölmagan vaqtdagi holatlar tasvirlangan videoni e'lon qildi.