“Mehribonlik” uylari, Bolalar şaharçalari, oilaviy bolalar uylari va Soğliqni saqlaş vazirligi tizimining Bolalar uylari (öquv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktirildi. 

Milliy gvardiya tarkibida öquv-tarbiya muassasalarida yoşlarning ta'lim va tarbiya oliş jarayonlarini hamda ularning böş vaqtini samarali taşkil etişga mas'ul Milliy gvardiya qömondonining örinbosari lavozimi joriy etildi.

Oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylariga hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (25 yoşga tölmagan) Milliy gvardiyaning harbiy xizmatçi va xodimlari biriktiriladi. 

Biriktirilgan harbiy xizmatçi va xodimlar yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning ta'lim-tarbiya oliş ahvolini va maişiy şart-şaroitlarini örganadi.

2022 yil 1 yanvarga qadar Jamoat xavfsizligi universitetida öquv-tarbiya muassasalari tarbiyaçilarining malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş yölga qöyiladi. 

Öquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holati har yili kamida ikki marotaba örganib boriladi.

Har yili 25 nafar öquv-tarbiya muassasalari tarbiyaçilari Kasaba uyuşmalari federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolanadi.