Paxtaobod tumanida yer sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Ular o‘zaro til biriktirib yuqori lavozimdagi tanishlari orqali yer olib berishni va'da qilib 6 000 AQSh dollari talab qilishgan.
Fuqarolar A.I. va I.M. oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaro Sh.ga o‘zlarini go‘yoki Kadastrlar palatasi Paxtaobod tumani filiali mutaxassislari deb tanishtirishib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qolipli non mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun “Bo‘stonobod” MFY hududidan 6 sotix yer maydoni olib berish evaziga oldindan kelishilgan 6 000 AQSh dollaridan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Oltinko‘l tumani kadastr bo‘limi boshlig‘i yer sotayotganda qo‘lga olingani xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik 14 nafar faxriyning hayotiga oid «Xotira nuri» kitobi taqdim etildi
O‘zbekiston | 18:00
-
“Biz ularga qo‘shila olmaymiz”. Xalq demokratik partiyasi parlamentda o‘zini muxolifat deb e’lon qildi
O‘zbekiston | 18:00
-
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 17:48
-
Hindiston bosh vaziri Pokistonga ultimatum e’lon qildi
Jahon | 17:40
Mavzuga oid

10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi

09:48 / 14.08.2024
Andijonda Ucell xodimi kompaniyaning qariyb 450 mln so‘m pulini onlayn birjaga tikib, yutqazib qo‘ydi

15:43 / 03.08.2024
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi

16:28 / 24.07.2024