Samarqand viloyati IIBning «Jinoyatçilikka qarşi kuraş» tezkor profilaktik oyligini ötkaziş rejasiga asosan, viloyat hududida uyuşgan jinoyatçilik va giyohvand vositalar tarqalişining oldini oliş maqsadida Oqdaryo tumanida yaşovçi, jinoyat sodir etişga moyil bölgan 17 nafar fuqaroning yaşaş xonadonida tintuv-tergov harakatlari ötkazilgan.
Ma'lum qilinişiça, Oqdaryo tumani «Galaravot» MFY Qoraxitoy qişloğida yaşovçi 1949 yilda tuğilgan Ğ.Ç.ning yaşaş xonadonida paketlar va qoplarda saqlanayotgan taxminan 3 kilogramm ötkir hidli, köknorga öxşaş ösimlikning quruq holda saqlanayotgani aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirilgan.
Xuddi şunday, Oqdaryo tumani Dahbet şaharçasi «Bozorjoy» MFYda yaşovçi 1981 yilda tuğilgan H.S.ning yaşaş xonadonidan taxminan 500 grammga teng bölgan ötkir hidli, köknor ösimligiga öxşaş, quruq holda saqlanayotgan ösimlik daliliy aşyo tariqasida rasmiylaştirib olingan.
Şuningdek, Oqdaryo tumani Loyiş şaharçasida yaşovçi 1990 yilda tuğilgan J.T.ning yaşaş xonadonida bir dona elektroşoker qurilmasi mavjud ekani aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.
Şu kabi, Oqdaryo tumani «Olçintepa» MFYda yaşovçi 1988 yilda tuğilgan K.U.ning yaşaş xonadonida 2 dona ötkir tiğli piçoq va 1 dona kastet mavjud ekani aniqlanib, tegişli tartibda rasmiylaştirilgan.
Qayd etilişiça, olib borilgan tezkor profilaktik tuşuntiriş işlari natijasida Oqdaryo tumani Avazali mahallasida yaşovçi 1967 yilda tuğilgan B.Ş. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U, marhum qaynotasining uyini qayta qurişga yordamga borganda, tom qismidan topilgan ov quroliga tegişli 101 dona 5,6 kalibrli va 53 dona 5,6 kalibrli şovqin çiqaruvçi patronlarni öz xohişi bilan topşirgan.

















