"Bugungi kunda Surxondaryo viloyati aholisining 46 foizi markazlaşgan içimlik suvi bilan ta'minlanmagan. 218 ta suv inşooti va 3 ming kilometrdan ziyod tarmoqlar ta'mirga muhtoj. Viloyatning janubiy tumanlari va Termiz şahrida suv mineralizatsiyasi miqdori oşgan.

Şu bois prezidentimiz 2 iyun kuni Surxondaryo viloyatiga taşrifi çoğida “Töpalang” suv omboridan içimlik suvi tarmoği tortiş böyiça körsatma bergan edi. Şunga muvofiq, dastlabki loyiha işlab çiqildi.

Loyihaga köra, “Töpalang” suv omborining quyi qismida bosimni söndiriş, suvni tozalaş va tarqatiş inşootlari quriladi. U yerdan tumanlardagi suv taqsimlaş uzellarigaça jami 361 kilometr quvur tortiladi. Bu tizim samarasida Sariosiyo, Denov, Şörçi, Qumqörğon, Jarqörğon, Bandixon, Qiziriq, Şerobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz şahridagi 1 million 700 ming aholining suv ta'minoti yaxşilanadi", deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Loyihaning umumiy qiymati 138 million dollar bölişi hisob-kitob qilingan. Uni 2024 yilda işga tuşiriş rejalaştirilmoqda.

Davlat rahbari loyihani ma'qullab, uni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş böyiça körsatma berdi. Quriliş işlarini “Obod qişloq” dasturi bilan uyğunlaştiriş, suv ta'minoti böyiça davlat-xususiy şerikçilikni yölga qöyiş zarurligini ta'kidladi.

"Servis iqtisodiyotda ham, ijtimoiy hayotda ham katta ahamiyatga ega. Özbekiston prezidentining şu yil 11 maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida bu sohani iqtisodiyotda muhim drayverga aylantiriş va 2023 yilga qadar xizmatlar hajmini ikki baravarga oşiriş maqsadi belgilangan. Şunga muvofiq, 2021-2023 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantiriş böyiça hududiy dasturlarni tasdiqlaş vazifasi qöyilgan.

Bu borada Toşkent şahrining imkoniyatlari juda katta. Xususan, joriy yilning iyun-dekabr oylarida xizmatlar sohasida 415 mingta iş örni yaratiş möljallangan. Bu reja yangi tadbirkorlik sub'yektlari va tunu kun işlaydigan savdo-köngiloçar köçalar taşkil etiş, özini özi band qiliş, birinçi qavat va yertölalarni ijaraga beriş orqali amalga oşiriladi. Jumladan, iyun-iyul oylarida 24 ming kişi özini özi band qilgan, yangi tadbirkorlik sub'yektlarida 17 ming fuqaro işli bölgan.