Belarus prezidentligiga sobiq nomzod, «Govori pravdu» jamoat taşkiloti hamraisi Andrey Dmitriyev qölga olindi, deb xabar berdi taşkilot matbuot xizmati.
«Hozirda Dmitriyev qanday sabab va kimlar tomonidan qölga olingani noma'lum», — deyiladi taşkilot Telegram-kanalida.
Andrey Dmitriyev 2020 yil avgustda bölib ötgan prezident saylovida amaldagi prezident Aleksandr Lukaşenkoga raqobatçilik qilgan tört nafar nomzoddan biri edi. Mamlakat markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga köra, u 1,2 foiz ovoz töplagan.
Saylovoldi kampaniyasi davomida u saylovga qöyilmagan Sergey Tixanovskiy, Viktor Babariko va Valeriy Tsepkaloni qöllab-quvvatlagandi.

















