Rasmiy hukumat toliblarni töxtatiş uçun nima iş qildi?
Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani bir neça kun oldin Mozori Şarifga kelib, mahalliy qömondonlar bilan kuçlarni birlaştiriş va toliblarga qarşi hujum boşlaş masalasini muhokama qilgandi.

Şanba kuni Ğani millatga qisqa murojaat qildi va hukumat oqsoqollar va siyosiy yetakçilar, mamlakatdagi turli jamoalar vakillari, şuningdek, xalqaro hamkorlar bilan maslahatlaşuv olib borayotgani haqida ma'lum qilgandi.

«Sizning prezidentingiz sifatida, men kelgusida beqarorlik, zöravonlik va xalqimning majburan köçirilişi holatlarining oldini olişga harakat qilmoqdaman», deya qöşimça qilgandi u.

Ğani odamlarni uruşga giriftor qilişga yöl qöymaslikni va'da qilib, şaharlarni «Tolibon»dan himoya qilişga urinayotgan xavfsizlik kuçlariga minnatdorlik bildirgandi.

Avvalroq Ğani öz murojaatida iste'fo haqida e'lon qilişi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo bunday bölib çiqmadi. Ayrim ma'lumotlarga köra, «Tolibon» Ğani öz postida qolar ekan, tinçlik muzokaralariga kirişişdan boş tortişini ma'lum qilgan.

Barça katta şaharlar toliblar qölida

Şanba kuni davomida «Tolibon» şarqdagi Paktika va Kunar viloyatlari markazlari Şaran va Asadobod şaharlarini egallagani xabar qilingandi.

Toliblar blitskrig orqali mamlakatning barça yirik şaharlarini egalladi va endi Kobulga tahdid solmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda toliblar uşbu şaharlarda özlarining oq bayroqlarini kötargani aks etgan tasvirlar tarqalgan.

Sönggi ma'lumotlarga köra, Nangarhor viloyati markazi Jalolobod ham taslim bölgan.

Şuningdek, Maydon Vardak viloyati markazi, Kobuldan 40 kilometr janubi-ğarbda joylaşgan Maydonşahr uçun janglar ketmoqda.

Mahalliy jurnalistlardan birining sözlariga köra, Amerika harbiylari juma kuni toliblar qöliga ötgan Qandahor şahridagi xalqaro aeroportga zarbalar yöllagan.

Juma kuni jangarilar Kobuldan 80 km masofada joylaşgan Logar viloyati markazi Puli-Alamni ham egallaşgandi.