Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi haydovçi boşqaruvida bölgan «Kobalt» «ZIL» yuk maşinasi bilan töqnaşgan. Oqibatda «Kobalt»da yölovçi sifatida ketayotgan şaxs vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 16 avgust kuni soat 17:00 larda, M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Jizzax viloyati, Ğallaorol tumani hududidan ötgan 1005-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan X.M. boşqaruvidagi «Kobalt» maşinasi bilan 1992 yilda tuğilgan O.J. boşqaruvida bölgan «ZIL» yuk maşinasi iştirokida töqnaşuv sodir bölgan.

Oqibatda «Kobalt» maşinasi yölovçisi, 1967 yilda tuğilgan U.Q. oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Şuningdek, yölovçi M.S. oğir tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki suriştiruvda «ZIL» yuk maşinasi haydovçisi ogohlantiriş çiroqlarini yoqmasdan ikkinçi qatordan çapga qayrilgan va birinçi qatordan kelayotgan «Kobalt» maşinasini yöliga çiqib ketgan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Ğallaorol tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan dastlabki tergovoldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.