Maktabgaça ta'lim vazirligi Toşkent viloyati Oqqörğon tumanidagi 5-sonli maktabgaça ta'lim taşkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvçilar salomatligi yuzasidan ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda tibbiyot muassasalarida jami 12 tarbiyalanuvçi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining holati örta oğir, 8 nafar bemorning holati örtaça baholanib, dinamikada soğaymoqda, 1 nafar bolaning holati qoniqarli.
Maktabgaça ta'lim vazirligi tarbiyalanuvçilarning salomatligi va ötkazilayotgan suruştiruv işlari natijalari böyiça qöşimça ma'lumot berib borişi aytilgan.
Eslatib ötamiz, Oqqörğon tumanidagi boğçada 12 avgust kuni 25 nafar bola zaharlanib, şifoxonaga yotqizilgandi. 13 avgust kuni tibbiyot muassasalariga yotqizilgan tarbiyalanuvçilar soni 30 nafarga yetgandi.
Boğça tarbiyalanuvçilari zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

















