Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yöli” hamda mamlakatimiz hududidagi qadimiy Samarqand va Toşkent şaharlari tarixiga bağişlangan.
5000 sömlik banknotning ölçami 142 x 69 mm. Banknotning öng tarafida oç fonda qadimgi “Buyuk Ipak yöli”ning ramzi sifatida tuya va “5000” raqami körinişida suv belgilari joylaşgan. Banknotning öng tarafida qoğoz qatlamida kengligi 2 mm. bölgan “UZB” yozuvi tuşirilgan turli ranglarda tovlanuvçan metallaşgan va maşinada öqiladigan himoya ipi ötkazilgan.

Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – yaşil va jigarranglardan iborat. Banknot old tomoni çap qismida 1619-1635 yillarda qurilgan Samarqand şahridagi “SHERDOR MADRASASI” tasvirlangan. Yuqori qismining çap tarafida özgaruvçan rangli OVI böyoğida bosilgan “5000” raqami joylaştirilgan bölib, ma'lum qiyalik burçagi körinişi ostida qirmizi rangdan yaşil rangga özgaradi.
Banknot öng qismidagi oç fonda nusxa köçirişga qarşi turli diametrdagi halqalar joylaştirilgan bölib, nusxa köçirilganda uşbu tasvirlarda aniqlik yöqoladi. “Xonatlas” fonida tuşirilgan Özbekiston xaritasi çizmasida kök çiziqlar bilan “Buyuk Ipak yöli”ning karvon yöllari yönalişi körsatilgan.

Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi VIII-V asrlarga tegişli bölgan “AFROSIYOB ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.
10 000 sömlik banknotning ölçami 147 x 69 mm. Banknotning öng tarafida oç fonda qadimgi “Buyuk Ipak yöli”ning ramzi sifatida tuya va “10000” raqami körinişida suv belgilari joylaşgan.
Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – kök, binafşa va puşti ranglardan iborat. Banknot old tomoni çap qismida 1551-1575 yillarda qurilgan Toşkent şahridagi “KÖKALDOŞ MADRASASI” me'moriy yodgorligi tasvirlangan.

Banknot öng qismidagi oç fonda nusxa köçirişga qarşi har xil diametrdagi halqalar joylaştirilgan bölib, nusxa köçirilganda uşbu tasvirlarda aniqlik yöqoladi. Yuqori qismidagi Özbekiston xaritasi çizmasida oç çiziqlar bilan “Buyuk Ipak yöli”ning karvon yöllari yönalişi körsatilgan.













