Ma'lum qilinişiça, joriy yil 19 avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB YHXB yöl patrul xizmati xodimlari safdor A.Komilov hamda A.Ğafforov kunlik xizmatini tugatib uyga qaytayotganda davlat ahamiyatiga ega bölgan 4R-105 avtomobill yölining 24-kilometrida özlari bilan bir yönalişda harakatlanayotgan davlat raqami 75 181 RAA bölgan «Damas» rusumli tez yordam maşinasi haydovçisi özining harakatlari bilan inspektorlarda şubha uyğotgan.
Qayd etilişiça, «Damas» töxtatib tekşirilganda haydovçining tegişli hujjatlari yöqligi aniqlangan. Bundan taşqari, haydovçidan spirtli içimlik hidi kelib turgan. Şundan söng inspektorlar haydovçini Boysun tumani markaziy şifoxonasining narkologiya bölimiga olib borib tibbiy körikdan ötkazganida haydovçi mast holda ekanligi aniqlangan.
Ta'kidlanişiça, inspektorlar tomonidan haydovçiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135- va 131-moddalariga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, «Damas» vaqtinçalik jarima maydoniga joylaştirilgan.
Surxondaryoda mast haydovçi urib yuborgan piyoda vafot etdi
Surxondaryoda «Neksiya» haydovçisi uxlab qolib YTH sodir etdi. Bir kişi halok böldi

















