Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda yer qonunçiligida röy bergan özgarişlarni “mamlakatimizning yangi tarixidagi eng katta islohotlardan biri” deb atadi.
Davlat rahbari 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan muloqotidagi nutqida yer islohotining asosiy jihatlari haqida sözlab berdi.
“Mana şu islohotlar mazmunini tarmoq va hudud rahbarlari ham, tadbirkorlar ham, aholimiz ham, yaxşi tuşunib olişlari zarur.
Birinçidan, yerlarni iqtisodiy oborotga kiritiş, ularni oldi-sotdi va garov obektiga aylantiriş uçun mustahkam huquqiy zamin yaratildi.
Ikkinçidan, biz barça yerlarni 2 ta toifaga, ya'ni qişloq xöjaligi yerlari va noqişloq yerlariga ajratdik.
Qişloq xöjaligi yerlari – bu bizning bebaho milliy boyligimiz, oziq-ovqat xavfsizligi, bu oddiy qişloq aholisining kundalik hayoti, degani. Şuning uçun, uşbu yerlar oçiq tanlov asosida faqat ijaraga beriladi.
Tanlov – har bir yer uçastkasi böyiça “bu yerni olişga kim eng köp haqli?” degan savolga adolatli javob topiş uçun ötkaziladi. Bu tanlovda barça – dehqon ham, fermer ham, agrofirma va klasterlar ham teng şartlarda iştirok etadilar.
Uçinçidan, noqişloq yer maydonlari faqat auksion orqali sotiladi.
Biz sönggi bir yarim yil davomida yerlarni auksion orqali oçiq-oşkora sotiş böyiça yetarli tajriba orttirdik. Lekin aksariyat hollarda auksionga qöyilgan yer maydonlarining tadbirkorga ma'qul joylardan emas, balki olis, çekka hududdagi, infratuzilmasi bölmagan joylardan berilgan.
Yaxşi maydonlar esa har xil yöllar bilan hokimlar qarori asosida töğridan töğri berib kelingani ham heç kimga sir emas.
Bundan buyon yer maydonlari faqat va faqat oçiq-oşkora auksion orqali xususiy mulk sifatida sotiladi yoki ijaraga beriladi.
Köpçilikda “yer xususiy böldi nima-yu, xususiy bölmadi nima”, degan fikr bölişi tabiiy, albatta. Çunki bizda yerga xususiy mulkçilik bekor bölganidan buyon 3-4 ta avlod almaşdi.
Bir narsani aniq bilib oliş zarur: xususiylaşgani bilan yer maydonlari kamayib yoki köpayib qolmaydi, lekin uning bozor qiymati paydo böladi. Yeri bor odam haqiqiy mulkdorga, kapital egasiga aylanadi.



















