Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:08 / 23.08.2021
7757
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga elektromobillar asosan Xitoy va Turkiyadan olib kelinmoqda
7 oyda 432ta elektromobil olib kelingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga xorijdan 432ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 364taga ko‘p.
2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy – 388 ta;
- Turkiya – 24 ta;
- AQSh – 6 ta;
- Koreya – 5 ta;
- Germaniya – 4 ta;
- Litva – 1 ta;
- Ispaniya – 1 ta;
- Rossiya – 1 ta;
- Hongkong – 1 ta;
- BAA – 1 ta.
2021 yilning yanvar-iyul oylarida import qilingan elektromobillar uchun 7,7 mln AQSh dollari sarflangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish