Toşkent viloyatining Zangiota va Yaşniobod tumanlarida pandemiya şaroitida talab yuqori bölgan dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilişining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma'lum qildi.

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.B. pandemiya şaroitida talab yuqori bölgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotib daromad orttiriş maqsadida, xorijda işlab çiqarilgan 218 quti «Remdisivir-Rameda 100 mg Vial 20 ml» nomli dori vositasining har bir qutisini 600 ming sömdan hisoblab, tölovni AQŞ dollarida amalga oşirişga kelişib jami 12 000 AQŞ dollariga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Ekspertiza xulosasiga köra, 218 quti dori vositasining umumiy bahosi 91,5 mln sömni taşkil etgan. 

Şu kabi, Departamentning Yaşnobod tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tadbirda, 3 nafar fuqaro oldindan til biriktirib, dori vositalarini dorixona va uning filiallaridan taşqarida muomalaga kiritiş orqali daromad orttirişni közlab, 63 quti «Kleksan» nomli dori vositasini har birini 900 ming sömdan baholab, jami 57,6 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan taşqarida realizatsiya qiliş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari  ötkazilmoqda.