Sirdaryo viloyati Yangiyer şahrida xorijga çiquvçi fuqarolarga koronavirusga çalinmaganligi qayd etilgan soxta hujjatlar tayyorlab kelgan fuqaro uşlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi ma'lum qildi.

Sirdaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi tezkor xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotlarga köra, Yangiyer şahrida avia çiptalar sotiş faoliyati bilan şuğullanuvçi fuqaro U.I horijga çiqib ketiş istagida avia çiptalar xarid qiliş uçun murojaat etib keluvçi fuqarolarga göyoki kasallikka çalinmaganligi va soğlom ekanligini tasdiqlovçi tibbiy test natijalari qayd etilgan maxsus tibbiy ma'lumotnomalarni 200 ming söm evaziga tayyorlab beriş bilan şuğullanib kelayotganligi ma'lum bölgan.

2021 yil 18 avgust kuni viloyat IIB JQB tomonidan ötkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, yollanma işlar bilan şuğullaniş maqsadida Rossiyaga uçib ketiş istagida avia çipta xarid qilgan ariza muallifi A.R.ga 200 000 söm evaziga Toşkent şahrida faoliyat körsatuvçi hususiy klinika tibbiy laboratoriyasi orqali göyoki koronavirus kasalligiga çalinmaganligi va soğlom ekanligini tasdiqlovçi tibbiy test sinov natijalari qayd etilgan maxsus tibbiy ma'lumotnomani rasmiylaştirib bergan vaqtida kimyoviy işlov berilgan naqd pullar bilan uşlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro U.I va boşqalarga nisbatan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq, Şirin şahrida talab yuqori bölgan dori vositalarini 3 ming AQŞ dollariga sotayotgan şaxslar uşlangani ma'lum qilingan edi.