Respublikadagi avtomobil yöllari va köpriklarning holati Senat tomonidan ekspertlarni jalb qilgan holda batafsil örganilgan. Bu jarayonda yöllar qaysi standartlarga javob bermasligi, yuzdan ortiq köpriklar egasiz ekani, mabodo ularga biror tabiiy ofat natijasida ziyon yetsa, uni tuzatadigan mas'ul yöqligi aniqlangan.
Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov qömitaning 24 avgustdagi yiğilişida ma'lum qildi.
“Bu masala qömitamiz tomonidan batafsil örganildi. Respublikamizdagi barça avtomobil yöllari holatlari, ayniqsa, köpriklarni batafsil örgandik. Bu işga kerakli mutaxassislarni, ekspertlarni va köp vazirliklarning mutaxassislarini jalb qildik. Biz bu masalada hukumatga yöllar qaysi standartlar, qaysi qonun talablariga javob bermasligini aniq körsatganmiz, ekspertlarning xulosalarini töliq berganmiz.
Örganiş davomida yuzdan ortiq köpriklarning egasiz ekani, mabodo ularga biror tabiiy ofat natijasida ziyon yetsa: “Bu seniki, bu meniki emas, köprik menga qaraşi haqidagi hujjatni topib ber”, deydigan juda köp holatlar yuzaga çiqdi.
Şularning barçasiga aniqlik kiritib, aniq bir taşkilotlarga belgilaş, ularga javobgarlik mas'uliyatini şu taşkilot olişi haqida hukumatga sörov yuborgandik.
Özbekona yöl ta'mirlaş namunalari
Haydovçi – yölda krossvord yeçuvçi. Yana yöllar sifati haqida
Oliy Majlis Senatining şu yil 29 may kuni bölib ötgan XV yalpi majlisida mamlakatimizdagi avtomobil yöllari hamda sun'iy inşootlar, ya'ni köpriklarning holati transport vositalari xavfsiz harakatlanişini ta'minlaşga doir qonun hujjatlarining ijro etilişi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovi yuborilgandi. Hukumat tomonidan Senat qarorida belgilangan muddatda javob kelib tuşdi. Parlament sörovi natijalarini Senatning XIX yalpi majlisida muhokama qiliş rejalaştirilmoqda”, – deya Qutbiddin Burhonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Qoplamaning xizmat qiliş muddati belgilanmagan» — Senat avtoyöllar borasidagi kamçiliklar haqida











