O‘zbekistonlik para-yengil atletikachi Tokioda kumush medal oldi
Para-yengil atletikachi Asila Mirzayorova Tokiodagi Paralimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: Emilio Morenatti / thederrick.com
27 avgust kuni para-yengil atletika dasturining T11 klassida ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan Mirzayorova 4.91 metr natija ko‘rsatgan holda 2-o‘rinni egalladi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. 1-o‘rinni braziliyalik Kosta de Oliveyra (5 m) egallagan bo‘lsa, 3-o‘rinni ukrainalik Yuliya Pavlenko (4,86 m) egalladi.
Asila Mirzayorova o‘zining shaxsiy rekordini ham yangiladi.
Asila Mirzayorova O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi medalni taqdim etdi. Musobaqalarning birinchi kunida suzuvchi Islam Aslanov 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bu yigit bolta olib chopyapti» – Bayden prezidentlikdan ketgach ilk marta ommaviy chiqish qildi
Jahon | 16:36
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi
Jahon | 16:25
-
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi
Jahon | 16:20
-
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston | 16:11
Mavzuga oid

11:02 / 23.10.2024
Asila Mirzayorova nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil bo‘ldi

16:18 / 30.08.2024
Paralimpiya o‘yinlari. Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritdi

17:22 / 07.03.2022
“Sport tushkunlikdan chiqishimga sabab bo‘lgan” - Paralimpiada sovrindori Asilaning hikoyasi

10:05 / 12.09.2021