Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda mashina olib berishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida mashina olib berishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 2 avgust kuni Sho‘rchi tuman IIBga tumanning Elbayon mahallasida yashovchi, X.Hayitoy ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatga ko‘ra, joriy yil 29 aprel kuni tumanning G‘armaqo‘rg‘on mahallasida yashovchi, Sh.Sodiq «Damas» mashinasini olib berishini va'da qilib, X.Hayitoydan 76 million so‘m olgan. Ammo mashina olib bermasdan pullarni o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuborgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 12 avgust kuni Sh.Sodiqga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:05 / 06.11.2025
“Agroterrorizm”: Sho‘rchida fermerlarning piyozpoyalari eski uslubda yo‘q qilindi
12:03 / 31.10.2025
Toyota yangi IMV Origin modelini taqdim etdi: bu mashinani har kim o‘zi yig‘adi
12:07 / 22.09.2025
O‘zbekistonga olib kiriladigan mashinalarni ekologik sertifikatlash bekor qilinadi
10:23 / 04.08.2025