Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi Özbekistondagi tabiiy monopoliya sub'yektlarining yangilangan röyxatini e'lon qildi.

1 sentyabr holatiga köra, tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (işlar, xizmatlar) böyiça 129 ta xöjalik yurituvçi sub'yekt röyxatga olindi. “Qöqon issiqlik energo” MÇJ bu röyxatdan çiqarildi.

2021 yilning fevral oyida esa tabiiy monopoliyalar soni 130 tani taşkil qilgandi. Yil boşida Jizzax viloyatidagi «Daştobod temir yöl uçastkasi» MÇJ hamda Toşkent şahridagi «South West Termina» MÇJlar temir yöl xizmatlari körsatmayotganligi uçun reyestrdan çiqarilgandi.

Eslatib ötamiz, 2020 yil 1 aprel holatiga köra, tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (işlar, xizmatlar) böyiça 136 ta, 1 noyabr holatida esa 131 ta xöjalik yurituvçi sub'yekt röyxatga olingan.