Özbekistonda karantin çeklovlari yumşatilayotgani bois jazoni ijro etiş koloniyalarida jazo muddatini ötayotgan şaxslarga yaqin qarindoşlari bilan uçraşuv taşkil etişga ruxsat berildi. Bu haqda IIV huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislarining tavsiyasiga köra, karantin qoidalariga rioya etgan holda haftaning juma, şanba va yakşanba kunlari uzoq muddatli uçraşuv taşkil qilinadi. Şuningdek, jazo muddatini ötayotgan şaxslar bilan uçraşuvga kelgan yaqin qarindoşlari 72 soatdan köp bölmagan muddat oraliğida koronavirusga test topşirgan va natija manfiyligini tasdiqlovçi ma'lumotnoma taqdim qilişlari talab etiladi.
Uçraşiş istagidagi fuqarolarning köpligi va ularning barçasiga bir vaqtning özida uçraşuv beriş imkoniyati mavjud emasligi sabab dolzarb aloqa tarmoqlari orqali röyxati şakllantiriladi.
Departamentning ma'lum qilişiça, dolzarb aloqa tarmoği orqali röyxatdan ötmasdan muassasaga taşrif buyurgan fuqarolar uçraşuvga kiritilmaydi.
Jazoni ijro etiş koloniyalarining dolzarb aloqa raqamlari:
- 1-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 365-220-70-02
- 2-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 375-230-00-82
- 3-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 375-230-10-61
- 4-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 79-224-77-81
- 5-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 79-555-23-65
- 6-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 69-434-42-33
- 7-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 95-169-64-13
- 10-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 95-506-64-51
- 11-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 78-770-37-34, 95-603-49-07
- 12-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 79-572-55-85
- 13-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 70-717-08-50
- 14-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 99-842-41-24

















