9 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda asosiy stavkani özgarişsiz qoldiriş töğrisida qaror qabul qilindi.

Markaziy bankning rasmiy reliziga köra, joriy yilning ötgan 8 oyida mamlakatda iqtisodiy faollikning jadallaşişi davom etib, aksariyat tarmoqlarda ösiş körsatkiçlari pandemiyagaça bölgan darajaga yetgan.

MB boşqaruvining oxirgi yiğilişi 29 iyulda bölib ötgandi, unda asosiy stavkani özgarişsiz qoldiriş töğrisida qaror qabul qilindi.

Regulyatorning asosiy stavkasi sönggi marta 2020 yil 10 sentyabrda özgargan, öşanda stavka 1 foiz bandga pasaytirilgandi.

Eslatib ötamiz, Markaziy bank boşqaruvining iyul oyidagi yiğilişi yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida yil oxirigaça inflatsiya 10 foizgaça tuşirilişi ma'lum qilingandi.