Kongo şimoli-şarqida meningit kasalligi avj olişi qayd etildi, deb xabar berdi Reuters.
Xabarda aytilişiça, Çopo provinsiyasida iyundan beri kasallik aniqlangan 267 kişidan 129 nafari vafot etgan.
JSSTning ma'lum qilişiça, Parijdagi Paster institutiga jönatilgan namunalar uşbu kasallikni keltirib çiqargan Neisseria meningitidis bakteriyasi yirik epidemiyaga sabab bölişi mumkinligini körsatgan.
Provinsiyaga bemorlarga yordam körsatiş uçun mutaxassislarning dastlabki guruhi yetib kelgan. Şu bilan birga, kasallik tarqalişining oldini oliş maqsadida maxsus qömita tuzilgan.
“Biz zudlik bilan dori-darmon yetkaziş va ekspertlarni jönatiş orqali qisqa muddat içida vaziyat nazoratga olinişini ta'minlamoqçimiz”, – dedi JSSTning Afrika böyiça mintaqaviy byurosi direktori Matşidiso Moyeti.
Köp yillik qurolli nizolar va moliyaviy ta'minot yetarli bölmagani sababli Kongo soğliqni saqlaş tizimi sönggi tört yilda Ebola, endemik vabo va qizamiq, koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşişiga töğri keldi.

















